Долзарб мавзулар Foto

Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 19.08.2019, 20:04

Bosh prokuratura tomonidan G.Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o`zgalarning juda ko`p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Bosh prokuratura axborotiga ko`ra, jinoyat ishlari qo`zg`atilishiga «White and Case» xalqaro yuridik kompaniyasidan kelib tushgan ma`lumotlar va fuqarolarning arizalari asosida to`plangan tekshirish hujjatlari asos bo`lgan.

Aniqlanishicha, G.Karimova bir guruh shaxslar bilan til biriktirgan holda, «Quvasoysement» va «Bekobodsement» AJlarining davlatga tegishli bo`lgan aksiyalarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olgan.

G.Karimova qayd etilgan aksiyalarni chet el tadbirkorlariga sotgan hamda ularning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib, respublika manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazgan.

Bundan tashqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitib, ularning mulkini o`ziga tegishli bo`lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Jinoyat ishlari bo`yicha tergov davom etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA