Долзарб мавзулар Foto

Madaniy meros haftaligi oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 21.08.2019, 17:20

Joriy yilning 22 – 27 avgust kunlari O`zbekistonning to`rtta shahrida “O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi meros haftaligi bo`lib o`tadi.

Uning oldidan 21 avgust kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida matbuot anjumani tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri o`rinbosari Kamola Akilova,O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha butunjahon jamiyatining raisi, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi koordinatori Firdavs Abduxoliqov va boshqa spikerlar ushbu yirik va keng ko`lamli madaniy haftalikning asosiy voqealari haqida ommaviy axborot vositalariga hikoya qilib beradilar.

26 avgust kuni Samarqandda YuNESKO shafeligida o`tadigan xalqaro konferensiyada dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 200 dan ortiq olimlar ishtirok etishadi. "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi" mavzusida o`tkaziladigan xalqaro konferensiyaga 300 dan ortiq sharqshunos olimlar, YuNESKO ekspertlari, xalqaro OAV vakillaritaklif etilgan. YuNESKO bosh direktori Odre Azule xonim ham mazkur anjumanda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu xalqaro konferensiya arafasida O`zbekistonda o`z ko`lamiga ko`ra ancha yirik madaniy voqea – mamlakatimizning Toshkent, Termiz, Buxorova Samarqand shaharlarini qamrab oladigan “O`zbekiston - buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar" mavzusida madaniy meros haftaligi o`tkaziladi.

Haftalik dasturiga 15 dan ortiq tadbir kiritilgan bo`lib, ularning har biri o`zininig betakrorligi, rang-barangligi va qiziqarliligi bilan qatnashchilarni lol qoldiradi. Tadbirlarning ilmiy qismi ma`rifiy dasturlar bilan chambarchas bog`langan bo`lib, ular o`z hayoti va faoliyatini O`zbekiston madaniy-tarixiy merosini o`rganishga safarbarqilganolimlarga mo`ljallangan.

22 avgust kuni Toshkentda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi ish boshlaydi. Kongressda O`zbekiston madaniy merosining dunyo to`plamlarida saqlanayotgan merosiga bag`ishlangan yangi 20 jild kitob-albom taqdimoti o`tkaziladi. Mazkur kitoblarni yaratishda O`zbekiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Chexiya, Yaponiyasingari davlatlardan etakchi mutaxassislar taklif qilingan.

Ularni taniqli olimlar, tadqiqotchilar, mashhur muzeylar, bebaho kolleksiyalar saqlovchilari taqdim etadilar. Mazkur kitob-albomlarning o`ziga xosligi shundaki, ularda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanilgan. Kitoblar qo`shimcha effektlar bilan chop etilgan. Mazkur nashrlarga suratga olish guruhi tomonidan yaratilgan videomateriallar ham ilova qilingan bo`lib, ularni smartfonni kerakli shtrix-kod ustiga yaqinlashtirishasnosida ko`rishmumkin. Bu kitobdagi materiallar haqida o`quvchida to`laqonli tasavvur hosil bo`lishi uchun yordam beradi. Matbaachilikda bunday texnologiya O`zbekistonda ilk bor qo`llanmoqda.

Bundan tashqari III kongressda O`zbekiston madaniy-tarixiy merosining jahon to`plamlaridagi o`rni bilan bog`liq qator hujjatli filmlar namoyish qilinadi. “Bobur va Boburiy malikalar izidan”, “Katta Langar Qur`oni: Sirlar va haqiqatlar” singari filmlar premerasi «Rossiya-Kultura» telekanali, BBC Uzbek xizmati hamda O`zbekiston telekanallarida namoyish qilinadi.

Haftalik ishtirokchilari, shuningdek, toshkentliklar va poytaxt mehmonlari uchun O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida “Kushon xazinasi” (“Darvarzintepa oltini”) o`ziga xos ko`rgazmasi kutilmagan sovg`a bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida “O`zbekison qo`lyozma yodgorliklari ko`rgazmasi” ham bo`lib o`tadi. Unda o`z davrining mutafakkirlari, olim va shoirlaritomonidan bitilgan qadimiy qo`lyozmalar namoyish qilinadi. Bebaho asarlarning ayrimlari ilk bor omma e`tiboriga havolaqilinadi.

Kongress doirasida qatnashchilar poytaxtimizda barpo etilayotgan Islom sivilizasiyasi markazi va O`zbekiston musulmonlari idorasiga ham tashrif buyuradilar va u erda saqlanayotgan nodir durdona – Usmon Qur`oni nusxasi bilan tanishadilar.

24 avgust kuni Haftalik ishtirokchilari Termizga jo`nab ketadilar va u erda jahon tarixini o`rganishdagi muhim voqealar shohidi bo`ladilar. Bu erda ilk bor o`tkazilayotgan “O`zbekiston – sivilizasiyalar chorrahasi” arxeologik konferensiyasida butun dunyodan kelgan taniqli sharqshunoslarning shov-shuvli ma`ruzalarini tinglaydilar.Dasturning eng muhim voqeasi – akademik Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar mevasi – Oksiana Iskandariyasi bilan tanishuv bo`ladi.

Shundan so`ng mehmonlarni Surxondaryo viloyati hududidagi qadimgi shaharchalar, qazishma hududlari va tarixiy yolgorliklarga sayohat kutadi. Ular milodiyI-III asrlarga mansubFayoztepa buda ibodatxonasi majmuasi, shuningdek Termiz Arxeologiya muzeyiga tashrif buyuradilar.

24 avgustda qatnashchilarning bir qismi Buxoroga yo`l oladi va shaharning obidalari bilan tanishadi. Qolganlar 25 avgust kuni maxsus reys bilan Samarqandga uchadilar va Madaniy meros haftaligining keyingi tadbirlarida qatnashadilar. Ular uchun “O`zbekiston obidalari nima haqida sukut saqlaydi?” mavzusidagi o`ziga xos ekskursiya tashkil qilinadi. Bu buyuk olimlar va hukmdorlarning asrlar qa`ridan yo`llagan nomalari bilan o`ziga xos tanishuv bo`ladi. Dunyo olimlari Samarqand obidalaridagi bitiklarda ta`lim, ma`rifat, tinchlik va bunyodkorlik haqidagi da`vatlardan xabar topadilar. Bunday ekskursiya avval uyushtirilmagan.

Shuningdek, Samarqandda “Asrlar qa`ridan taralgan nur” nomli islomshunoms olimlar ishtirokida xalqaro konferensiya ham bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob-albomlarning Xorazm va Buxoro viloyatlari obidalariga bag`ishlangan navbatdagi jildlari (14 va 15-jildlar) taqdimotihamda BBC o`zbek xizmati va O`zEOAVMA hamkorligida suratga olingan “Katta langar Qur`oni: sirlar va haqiqatlar” kitobining taqdimoti o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respubikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qurilgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markaziga tashrif ham ko`zda tutilgan.

Samarqanddagi tadbirlarning eng esda qolarlisi sifatida ajoyib shakl va betakror go`zallikni o`zida jamlagan “Samarqand – Buyuk ipak yo`li yuragi” nomli yorqin festivalni aytish mumkin.Festival Amir Temurning etti bog`idan birining shakl-shamoyili asosida tiklangan, xuddi shu kuni tantanali ochilish marosimi o`tkaziladigan “Bog`ishamol” bog`ida bo`lib o`tadi. Turlixalqlarning milliy liboslarini kiyib olgan tadbir qatnashchilari o`zlarini xuddi vaqt mashinasida ketayotgandek, o`rta asrlar muhitiga, mashhur Samarqand bozoriga tushib qolgandek his qilishadi.

Haftalik an`anaviy “Sharq taronalari”XIIxalqaro musiqa festivalining Registon maydonidagi ochilish marosimi bilan yakuniga etadi. Sharq va dunyo xalqlarining maftunkor navolari Festivalni haqiqiy do`stlik oqshomiga aylantiradi. Muhtasham me`moriy majmua fonidagi ta`sirchan yorug`lik dekorasiyalari mehmonlarda o`chmas taassurot qoldiradi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA