Долзарб мавзулар Foto

“Audi”dagi 105 kunlik “bayram” tugadi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 23.08.2019, 14:37

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida xorijiy fuqaro S.N. tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona posti orqali qaytarib olib chiqish majburiyati bilan mamlakatimizga olib kirilgan “Audi” rusumli avtomashinani fuqaro S.A. o`z ehtiyojlari yuzasidan noqonuniy tarzda boshqa davlat raqami belgisini taqib olib haydab yurgani ma`lum bo`ldi.

Qonunbuzar fuqaro majburiyatnoma talablariga zid ravishda 105 kun avtomashinani mamlakat hududida noqonuniy tarzda boshqarganligi va natijada 27 million so`m miqdorda bojxona to`lovlarini to`lamaganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA