Долзарб мавзулар Foto

«Forbes» eng serdaromad aktrisalarni e`lon qildi

Бўлимлар: Dunyo
Теглар:
Добавлено: 24.08.2019, 14:41

«Forbes» 24 avgust kuni tarqatgan ma`lumotga ko`ra, bugungi kunda eng ko`p daromad oluvchi aktrisa Skarlet Yohansson hisoblanadi, u 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigacha bo`lgan davrda qariyb 56 mln. dollar ishlagan.

Yohansson shu pullarning qatta qismini «Marvel» studiyasi filmlaridagi rollari uchun oldi. Aktrisaga «Qasoskorlar. Final» filmidagi ishtiroki uchun 35 mln. dollar gonorar to`langan. Ekranlarga 2020 yili chiqadigan «Qora beva» filmidagi roli uchun ham u kattagina gonorar olgani aytilmoqda.

Eng ko`p daromad oluvchi aktrisalar orasida ikkinchi o`rinda avvalo «Amerikancha oila» komik serialidagi roli bilan tanilgan kolumbiyalik va amerikalik aktrisa Sofiya Vergara — 44,1 mln. dollar.

Uchinchi o`rinda 35 mln. dollar daromad bilan Riz Uizerspun. Nikol Kidman(34 mln.) to`rtinchi, Jennifer Eniston (28 mln.) beshinchi o`rinda.

O`tgan yili ikkinchi o`rinda qayd etilgan Anjelina Joli, shuningdek, Keyt Blanshet, Jennifer Lourens va Juliya Robertslar bu safar reytingga kiritilmadi.

Eslatib o`tamiz, «Forbes» 21 avgust kuni e`lon qilgan reytingda Dueyn Jonson erkak aktyorlar orasida birinchi bo`lgandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA