Му5
4

Salkam 700 million so`mlik tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi

Jinoyat 25.08.2019, 08:58
709
Salkam 700 million so`mlik tovarlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi

Bojxonachilar tomonidan bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlash maqsadida bojxona nazoratini chetlab o`tishga urinish holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan korxonalardan birining nomiga kelgan yuklarni bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan va umumiy qiymati salkam 626 million so`mlik 910 dona avtomashina faralari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Yana bir holatda “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan ikkita korxona nomiga keltirilgan yuklar bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 30 million so`mlik, 85 turdagi salkam 200 dona ehtiyot qismlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan uchta mas`uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga xorijdan temir yo`l konteynerida kelgan yuklarni bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 38,3 million so`mlik 1,5 tonna yog`ochli tish tozalagich, 4 ming kv. metr uzunlikdagi parda uchun gazlamalar va boshqa mahsulotlar borligi ma`lum bo`ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар