AsosiySport

Shahram G`iyosov raqibini 30 soniyada mag`lub qildi

'Shahram G`iyosov raqibini 30 soniyada mag`lub qildi 'ning rasmi

Shahram G`iyosov kolumbiyalik bokschi Darley Peresni 30 soniyada mag`lub qilib, WBA xalqaro chempioni unvonini qo`lga kiritdi.

Meksikaning Ermosilo shahrida bo`lib o`tgan jangda Shahram G`iyosov chap qo`li bilan bergan kuchli zarbasi raqibini nokautga uchratdi. 9 soniyada raqib o`rnidan turgan bo`lsada, hakam jangni to`xtatib Shahram G`iyosovni g`olib deb e`lon qildi.

Kolumbiyalik bokschi Darley Peres 1 o`rta-engil vazn toifasida kurashuvchi tajribali professional bokschi hisoblanadi. 2014 yilda WBA bo`yicha jahon chempioni bo`lgan, 2015 yilda britaniyalik Entoni Krollega chempionlik unvonini boy bergan edi.

    Boshqa yangiliklar