Долзарб мавзулар Foto

Bir oilani yo`q qilgan jinoyatchilar umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 06.09.2019, 11:35

Bugun, 6 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi binosida sudlanuvchilar G`olib, Jahongir Usmonov, Shamshiddin va Xabibullo Nurmanovga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi...

Mazkur jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O. Arabov va E. Ergashevdan iborat sud tarkibida ko`rib chiqildi.

Ma`lumot o`rinda:

  • G`olib Tashanov — 1981 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - o`rta, oilali, uch nafar voyaga etmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsi;
  • Jahongir Usmonov — 1993 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – o`rta-maxsus, oilali, ikki nafar voyaga etmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz;
  • Shamshiddin Esonboev — 1995 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - o`rta, uylanmagan, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz;
  • Xabibullo Nurmanov — 1996 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – o`rta-maxsus, uylanmagan, muqaddam sudlangan, vaqtincha ishsiz.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra,

G`. Tashanov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi va 273-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb topilib oqlandi va jinoyat ishining shu qismi tugatildi.

G`. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboev va X. Nurmanovning aybidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “o” bandi hamda “p” bandidagi qasddan odam o`ldirish jinoyatining “uyushgan guruh a`zolari tomonidan yoxud o`sha guruh manfaatlarini ko`zlagan holda” sodir etishda ifodalangan malakalovchi belgisi chiqarildi.

G`. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboev va X. Nurmanovning jinoiy harakatlari O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikasiya qilindi.

To`rtta jinoyatchi ham O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ular O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o`tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o`tattirish belgilandi.


Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Aziz Obidov,

O`zbekiston Respublikasi

Oliy sudi matbuot xizmati

rahbari vazifasini bajaruvchi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA