Долзарб мавзулар Foto

Soxta tamg`a

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 08.09.2019, 18:00

Rasmiy hujjatlar, shtapmlar, muhrlar, blankalar, davlat raqamlari va tamg`alarni tayyorlash, undan foydalanish qonun bilan tartibga solinadi va qo`riqlanadi. Bunday turdagi hujjatlar va tamg`alarni qalbakilashtirish, sotish va soxtaligini bilgan holda undan foydalanish javobgarlikni keltirib chiqaradi. Sir emas, soxta tamg`a jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon etkazadi.

Byuroning Buxoro shahar bo`limi tomonidan fuqaro M.Shonazarova va X.Hamroevalarning arizasi yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi F.Ramazonov va R.Xojaev 16 turdagi gaz hisoblagich uskunalarining tashqi ta`sirdan himoyalovchi davlat proba tamg`alari qonunga xilof ravishda qo`lbola usulda tayyorlab, ushbu tamg`alarning qalbaki ekanligini bila turib, bundan moddiy manfaatdor bo`lish maqsadida Buxoro shahar, “Amirobod” ko`chasi13-uyda yashovchi fuqaro X.Hamroevaning yashash uyida tabiiy gazdan bo`lgan 850.000 so`mlik qarzdorligini kamaytirish maqsadida, iste`molchining xonadonida o`rnatilgan “G-6” rusumli zavod raqami “028218” bo`lgan gaz hisoblash uskunasining davlat plombasini buzib, 5471 m3 ko`rsatkichni 2000 m3ga orqaga qaytarish orqali 3471 m3 ko`rsatkichga o`zgartirib, o`zida mavjud bo`lgan “UZB 1 H7 O”B” seriya raqamli qalbaki tayyorlagan tamg`a bilan qayta plombalab, buning evaziga M.Shonazarovadan kimyoviy ishlov berilgan 200.000 so`m naqd pullarni iste`molchi xonadonida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi. Sudning hukmi bilan F.Ramazonov va R.Xojaevlarga tegishli jazo tayinlandi. Buni qilmish-qidirmish deydilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA