Norvegiyada to`rt oyoqli jonivor egalari ayni damda juda xavotirda. Noma`lum kasallik sabab hozirda itlar vafot etmoqda. Euronews.com nashri xabar berdi.
Veterinarlar qandaydir yuqumli kasallik tarqalgan bo`lishi mumkinligini inkor etishmayapti. Itlarda kutilmagan diareya boshlanmoqda va oradan bir necha sutka hatto bir necha soat o`tgandan so`ng jonivorlar vafot etyapti. Ayni damda veterinarlar vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilishmoqda. Olingan analizlar va laboratoriya tekshiruvlari jonivorlar nima sababdan halok bo`layotganiga oydinlik kiritmayapti.
Shuning uchun qat`iy xulosaga kelishning imkoni bo`lmayapti. Kasallanish bilan bog`liq ilk holat Osloda qayd etilgan, shundan so`ng mamlakatning boshqa shaharlarida ham bunday holatlar kuzatildi. Hozircha kasallik nima sababdan kelib chiqayotganiga oydinlik kiritolmayotgan mutaxassislar, uy jonvorlarining egalariga ularni boshqa itlardan uzoqroq saqlashni tavsiya etishmoqda.
20.01.2021, 14:29
Jahongi Otajonov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gapirgan.“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning birinchi martidan O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishi...19.01.2021, 09:17
TikTok ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan videolardan birida ikkita lavha montaj qilingan bo`lib, ularning birida piyoda yo`lda sakrab, ikkinchisida harakatlanayotgan “Spark” (davlat raqami 01 530 XGA) avtomobilida...18.01.2021, 22:08
Tunis hukumati milliy armiya bo`linmalarini yakshanba kuni kechqurun mamlakatning bir necha viloyatida hukumat muassasalarini himoya qilish va tartibsizliklar bilan kurashish uchun joylashtirdi. Bu haqda Respublika...18.01.2021, 17:02
Internet ijtimoiy tarmog`ida erkak kishining boshqa fuqarolar tomonidan kaltaklanayotganligi, atrofdagi fuqarolar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotganligi aks etgan video tarqaldi.IIBB ma`lum qilishicha, voqea 17 yanvardan...