Му5
50

JSST: Sayyoramizda har 40 soniyada bir kishi o`z joniga qasd qilmoqda

Dunyo 11.09.2019, 11:44
298
JSST: Sayyoramizda har 40 soniyada bir kishi o`z joniga qasd qilmoqda

Har yili sayyoramizda urushlar qaraganda o`z joniga qasd qilish natijasida ko`proq odamlar halok bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, yiliga 800 ming kishi aynan o`z joniga qasd qilish tufayli vafot etmoqda. Bu esa har 40 soniyada ana shunday holat kuzatilayotganini anglatadi. Tadqiqotlarga ko`ra, ko`pincha 45 yoshdan kichik bo`lganlar o`z hayotiga nuqta qo`yishga urinadi. 15 yoshdan 29 yoshgacha bo`lganlar orasida o`z joniga qasd qilish, yo`l transport hodisalaridan keyingi o`lim bilan bog`liq eng yirik holatdir.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan qizlar orasida ham suisid holati ancha yuqori. Rivojlangan mamlakatlarda erkaklar ayollarga qaraganda uch marta ko`proq o`z joniga suiqasd qiladi. Rivojlanmagan mamlakatlarda esa bu ko`rsatkichlar deyarli teng. JSST dunyo davlatlari hukumatlarini o`z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo`yicha profilaktik choralar ko`rishga chaqirmoqda. Bunda Ruhiy holati beqaror bo`lgan kishilarni aniqlash va ularga o`z vaqtida yordam berish, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatlarni boshidan kechirayotganlarga dalda va ko`mak ko`rsatilishi katta ahamiyatga ega ekanligi ta`kidlanmoqda.

Шарҳлар