Му5
9

O`zbekiston harbiylari arqon tortishda tengsiz ekanini isbotladi

Jamiyat 15.09.2019, 13:17
Теглар: Video
425
O`zbekiston harbiylari arqon tortishda tengsiz ekanini isbotladi

“Markaz-2019” strategik qo`mondonlik-shtab o`quvi doirasida o`quv-amaliy mashqlarni bajarish maqsadida harbiy xizmatchilarimiz Rossiya mudofaa vazirligidan jangovar va harbiy texnika hamda o`q otish qurollarini vaqtinchalik qabul qilib oldi. Vaqtinchalik foydalanishga olingan qurol-aslaha va texnikalarga kunlik texnik xizmat ko`rsatib kelinyapti. Barcha texnikalarga O`zbekiston bayrog`i o`rnatildi.

Harbiy xizmatchilarimiz taktik harakatlarni amalga oshirish, sinov mashg`ulotlarida ishtirok etish bilan bir qatorda o`zlarining jismoniy tayyorgarligini ham oshirib bormoqda. Erta tongdan olib borilayotgan jismoniy tayyorgarlik mashg`ulotlari hamyurtlarimizni o`tkazilishi rejalashtirilgan harbiy mashg`ulotlarga har tomonlama toblamoqda.

Ta`kidlash kerakki, “Donguz” poligoni joylashgan hudud yurtimiz iqlimiga ancha yaqin ekan. Vaqt mezoni ham bir xil. Shu bois bu erda bo`lib turgan harbiylarimiz hech qanday noqulayliklarga duch kelmayapti.

Harbiy xizmatchilarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish, xorij mamlakat armiyalari bilan o`zaro do`stlik aloqalarini mustahkamlash uchun o`quv mashg`ulotlari doirasida bir qator sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazildi.

Mini-futbol bo`yicha o`tkazilgan musobaqada hamyurtlarimiz mezbonlardan keyin ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Tosh ko`tarishda to`rtinchi pog`onani band etgan yurtdoshlarimiz arqon tortishda peshqadam bo`ldi. Finalda musobaqaning eng kuchli jamoasi deya e`tirof etilgan rossiyalik harbiylar bilan duch kelgan vakillarimiz kuchli iroda va g`alabaga bo`lgan qat`iy ishonch tufayli qo`li baland keldi.

Shuningdek, “Donguz” poligonida O`zbekiston madaniyati kuni bayrami nishonlandi. O`quvlarda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilgan va milliy ashula va raqslardan iborat konsert dasturi yig`ilganlarni davraga chorladi. Dala oshxonasi ham shu kuni o`zining haqiqiy qudratini namoyon etdi. O`qochda pishgan milliy taomimiz – osh hammaning tilida bo`ldi. “O`zbeklardek oshni hech kim pishira olmaydida aslida”, – deyishdi ishtirokchilar.

Bugun, 15 sentyabr kuni “Markaz-2019” o`quv mashg`ulotining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Unda ishtirok etayotgan harbiy kontingentlar hamda harbiy texnikalar marsh bilan o`tishadi.

Eslatib o`tamiz, “Markaz-2019” o`quv mashg`uloti doirasida Rossiyada bo`lib o`tadigan amaliy harakatlar bilan bir vaqtda Namangan viloyatida joylashgan “G`urumsaroy” poligonida O`zbekiston va Tojikiston harbiy bo`linmalari tomonidan shartli ravishda janubiy sarhadlarga suqulib kirgan terrorchi guruhlarga qarshi hamkorlikdagi o`quv mashg`uloti ham o`tkaziladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti


Шарҳлар

Samarqandda qiz onasini kaltakladi (Video)

29.02.2020, 11:38

Ijtimoiy tarmoqlarda yo`l o`rtasida o`tirgan keksa ayolga "o`rningizdan turing, opa", deb baqirayotgan, uni turtkilayotgan  qiz aks etgan video paydo bo`ldi. Yo`ldan o`tib ketayotgan yo`lovchilar to`xtab,...
Hind polisiyasi Juma namozidan chiqqan musulmonlarni kaltaklashdi (Video)

29.02.2020, 10:55

Ijtimoiy tarmoqlarda hindistonlik polisiyachilarning Juma namozidan chiqqan musulmonlarni kaltaklayotgani aks etgan video paydo bo`ldi.Eslatib o`tamiz, Dehlida fuqarolik to`g`risidagi yangi qonun qabul qilinganidan keyin boshlangan tartibsizliklar...
Hindlar Dehlidagi masjidga bostirib kirib, uni vayronaga aylantirdi (Video)

27.02.2020, 16:04

Dehlida fuqarolik to`g`risidagi yangi qonun qabul qilinganidan keyin boshlangan tartibsizliklar oqibatida so`nggi kunlarda kamida 20 kishi halok bo`lgani, yana 190 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edik. 500...
Chilonzorda avtobusning dvigatel qismidan yong`in chiqdi (Video)

25.02.2020, 15:57

Bugun, 25 fevral kuni soat 13:30 larda  Uchtepa tumani, Chilonzor 21-mavze Katta Xirmontepa ko`chasida, haydovchi N.R. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli  8-yo`nalishda Sergeli-7 dan Chilonzor 25-mavzega harakatlanuvchi...