41

MIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 16.09.2019, 18:23
547
MIB xodimiga qarshilik ko`rsatgan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

MIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo`limi xodimlari Z.Ro`zimurodov, B.O`rinov va F.Xidirovlar tomonidan “Hunarmand” mahallasida joylashgan korxonaga qarashli oshxonada o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulanib foydalanayotgan holatini aniqlanadi.

Shundan so`ng, aniqlangan huquqbuzarlik holati bo`yicha Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtida korxona rahbari J.Rahmonovning turmush o`rtog`i M.Rahmonova xodimlarning faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatdi.

Jumladan, u xizmat vazifalarini bajarayotgan Byuro xodimlarini haqorat qilib, tayoq bilan B.O`rinovning tanasining turli qismlariga urib, F.Xidirovning qo`lidan dalolatnomani tortib olgan va yirtib, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan M.Rahmonovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Комментарии