41

9 oyda 17 yoshgacha qizlar o`rtasida 50 ta erta tug`ruq holati kuzatildi

Jamiyat 17.09.2019, 12:10
985
9 oyda 17 yoshgacha qizlar o`rtasida 50 ta erta tug`ruq holati kuzatildi

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida O`zbekistonda 17 yoshgacha qizlar o`rtasida 50 ta erta tug`ruq holati qayd etilgan. Shuningdek, 6 mingdan ortiq oila ajrimi rasmiylashtirilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o`tgan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasining majlisida ma`lum qilingan.

Yig`ilishda mamlakatda yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ular bandligini ta`minlash, nofaol yoshlar bilan ishlash borasida samarador chora-tadbirlar amalga oshirilmagani tanqid qilingan. Joriy yilda 17 yoshgacha qizlar o`rtasida 50 ta erta tug`ruq qayd etilgani va 6 mingdan ortiq yosh oilalar ajrimiga esa yoshlarni tarbiyalashda oilaning o`rni susayib borayotgani, yosh yigit-qizlar oila qurish, erta nikoh haqida umuman tushunchaga ega emasligi sabab qilib ko`rsatilgan.

Yig`ishilishda yoshlarning, xususan har yili ta`limni bitirib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan 450 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta`minlash maqsadida alohida dasturlar qabul qilinishi lozimligi aytilgan.

Комментарии