42

Termizda vaksina ombori ochildi

Salomatlik 17.09.2019, 17:37
374
Termizda vaksina ombori ochildi

Termiz shahridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazida vaksinalarni saqlash ombori qurilib foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan ushbu binoning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi boshlig`i o`rinbosari Afshin Parsi va tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi. So`zga chiqqanlar vaksinalarni sovuqlik tizimi qoidalari asosida saqlashning muhim ekanligini alohida ta`kidlashdi. Ushbu bino shu maqsadda qurilgan bo`lib, 20 yildan ortiq voha ahliga hizmat qilish imkoniyatiga ega.

Yunisef bolalar jamg`armasi ko`magi asosida qurilgan omborxonada vaksinalar sovitgich kameralarda barcha tartib-qoidalarga amal qilgan holda saqlanadi. Yangi omborxona haroratni ko`rsatib turuvchi qurilmalar va elektr energiyasini bir maromda ushlovchi stalibizator bilan ta`minlagan. Eng muhimi, endilikda bir yilda 168 mingdan ortiq bolani emlashga etadigan vaksinalar ushbu omborda saqlanadi.

Bugungi kunda viloyatga yurtimizda joriy etilgan emlash jadvalidagi barcha 13 xil vaksinalar etkazib berilmoqda. Ular yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni profalaktik emlash jarayonlarida ishlatiladi. Vaksina ombori qurilishi va kerakli texnikalarni sotib olish uchun 163 ming AQSh dollari sarflangan. Vaksinasiya amaliyotlarini samarali o`tkazish uchun maxsus sovitkichli avtomashinalar ham ajratilgan.


Комментарии