42

Anqarada Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammit bo`ldi (Video)

Dunyo 18.09.2019, 16:45
Теги: Video
464
Anqarada Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammit bo`ldi (Video)

Anqarada Rossiya, Turkiya va Eron davlat rahbarlari ishtirokida Suriyadagi inqirozni bartaraf etishga bag`ishlangan sammiti bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Sammit ishtirokchilari muzokaralar konstruktiv ruhda o`tganini ta`kidlashdi. Rossiya tomoni Suriyaning hududiy yaxlitligini ta`minlash borasidagi majburiy shart saqlanib qolganini ta`kidladi. Prezident Vladimir Putin Amerika qo`shinlarining tez orada Suriyadan olib chiqib ketilishiga umid qilayotganini ma`lum qildi.

U AQSh qo`shinlarining bu erda bo`lishi noqonuniy ekanligini aytib o`tdi. O`z navbatida Turkiya prezidenti Rajep Toyib Erdog`an suriyalik qochoqlarning bir qismini ortga qaytarish imkoniyati mavjudligi haqida ma`lum qildi. Rasmiy Anqara Suriya hududida tashkil etmoqchi bo`layotgan xavfsiz hududga hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan 2 millionga yaqin suriyalik qochoqlarni joylashtirishni rejalashtirgan.

Комментарии

Nukusda yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida yangicha harbiy-sport estafetasi o`tkazildi (Video)

21.10.2019, 09:37

Razvedkachilarning to`siqli yo`lagini engish, granatani gabaritga tushurish, nishonlarga qarata pnevmatik miltiqdan o`q uzish va yana bir qancha sinovlarga boy bo`lgan yangicha harbiy musobaqaning ilk g`oliblari...
Qashshoqlik chegarasi yuqori bo`lgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari ma`lum bo`ldi (Video)

18.10.2019, 17:17

Evropa statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, har beshinchi evropalik yoki bo`lmasam 109 million kishi ijtimoiy izolyasiya holatiga yoki qashshoqlar qatoriga tushib qolish xavfi ostida turibdi. Bu...
Filippin aholisi kuchli zilziladan vahimaga tushdi (Video)

18.10.2019, 17:03

Filippinda kuchi deyarli 6,5 ballga teng bo`lgan zilzila ro`y berdi. Hodisa aholi o`rtasida vahima kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Er osti silkinishlari mamlakatning Mindanao orolida qayd etilgan....
Umra ziyoratini amalga oshirayotgan ziyoratchilar YTHga uchradi (Video)

18.10.2019, 16:52

Saudiya Arabistonida 39 nafar ziyoratchini olib ketayotgan avtobus ishtirokida yirik yo`l transport hodisasi ro`y berdi.Mamlakat OAV xabarlariga ko`ra, avtobus yuk avtomobili bilan to`qnashib ketishi ortidan...