41

Qidiruvdagi “Kaptiva” jarima maydoniga keltirildi

Jinoyat 19.09.2019, 11:45
789
Qidiruvdagi “Kaptiva” jarima maydoniga keltirildi

Majburiy ijro byurosida - qarzdor jismoniy shaxslar, ularning mol-mulklari hamda undiruvchiga olib berish kerak bo`lgan bolani qidirish bo`yicha maxsus qidiruv bo`limlari faoliyat ko`rsatib, bugungi kunda qidiruv faoliyati o`zi samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining 2018 yil 15 iyul kungi da`voni ta`minlash haqidagi ajrimiga asosan undiruvchi ATB “Hamkorbank” Shahrixon tuman filiali foydasiga qarzdor korxona va boshqalardan kredit to`lovini undirish xakidagifuqarolik ishi buyicha hal qiluv qaroriga chiqquniga qadar Shahrixon tumani, O`zbekiston QFY.da yashovchi M.Ismatullaevaga tegishli bo`lgan 2010 yilda ishlab chiqarilgan “Kaptiva” rusumli davlat raqamli avtotransport vositasini xatlash to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Shahrixon tuman bo`limiga kelib tushgan.

Ushbu qidiruv yuzasidan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi Axborot ta`minoti va qidiruv sho``basi xodimlarining sa`y-harakatlari bilan avtomashina joriy yilning 13 sentyabr kuni topilib, jarima maydoniga olib kelinishi ta`minlandi.

Комментарии