41

BMT Bosh kotibi insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi (Video)

Dunyo 19.09.2019, 17:58
Теги: Video
829
BMT Bosh kotibi insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi (Video)

BMT Bosh kotibi Antonio Guterish insoniyatni tabiat bilan hazillashmaslikka chaqirdi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.

Buning oqibatlari jiddiy yakun topishi mumkinligidan ogohlantirdi. U xalqaro hamjamiyatni iqlim o`zgarishi jarayonlariga jiddiy e`tibor qaratishga da`vat etdi. Fransuz ekspertlariing iqlim o`zgarishi jarayonlariga bag`ishlangan eng so`nggi tadqiqot natijalariga ko`ra sayyoramizda havo harorati kutilgandan ko`ra ko`proq isib bormoqda. Eng pessimistik prognozlarga ko`ra, insoniyat qazib olinuvchi yoqilg`ilardan shu zaylda foydalanishda davom etsa asr oxiriga kelib, erdagiharorat sanoat davrigacha bo`lgan ko`rsatkichdan Selsiy bo`yicha 7 gradusga qadar ko`tarilib ketadi.

Olimlarning fikricha, buning oldini olish uchun zudlik bilan keskin choralar ko`rish zarur. Iqlimshunos Paskal Brakonnoning ta`kidlashicha, buning uchun birinchi galda keng jamoatchilik energiya resurslariga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo`lishi va energiya sarfini keskin darajada kamaytirish lozim. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining keng joriy etilishi yaxshi natija beradi. Blumberg agentligining tadqiqotlariga ko`ra, o`tgan yili jahon energiyasining 13 foizi aynan tabiiy manbalardan olingan. Bu esa atmosferaga ikki milliard tonna zararli gazlar chiqarilishining oldini olgan. Shu bilan birga qazib olinuvchi energiya manbalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar miqdori 2 foizga oshib, 33 mlrd tonnaga borib etgan.


Комментарии

JSST: Kongoda Ebola virusi tarqalishi kamaydi (Video)

15.10.2019, 11:56

JSST Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining tarqalishi ancha sekinlashayotganini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar qildi.Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, ayni damda virus mamlakatning shimoli-sharqiy qismida Mobasa, Komanda,...
Evropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiya qo`llashni muhokama qildi (Video)

15.10.2019, 11:39

Evropa Ittifoqi turk harbiylarining Suriya shimoli-sharqiga joylashtirilishiga nisbatan o`z javob choralarini qo`llamoqchi, deb xabar berdi Euronews.com nashri. Lyuksemburgdagi uchrashuvda EI tashqi ishlar vazirlari Turkiyaga qarshi turli...
Yaponiya: "Xagibis" to`fonidan so`ng (Video)

15.10.2019, 11:29

Euronews.com nashri ma`lumotlariga ko`ra, «Xagibis» to`foni oqibatida 40 kishi halok bo`lgan yana 16 nafari esa bedarak yo`qolgan. Bundan tashqari, 189 nafar kishi jarohatlangan. Kioda agentligi qidiruv-qutqaruv...
Turkiya harbiy kuchlari Suriya shimolida harbiy operasiya boshlash arafasida turibdi (Video)

07.10.2019, 17:20

AQSh Suriya shimolidagi hududlardan o`z harbiylarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.Yaqin vaqt orasida Turkiya ushbu hududda kurd qurolli koalisiyasiga  qarshi keng ko`lamli...