42

Gulistonlik ota farzandi uchun 70 million so`m to`ladi

Jinoyat 20.09.2019, 16:21
342
Gulistonlik ota farzandi uchun 70 million so`m to`ladi

Sudya qo`lidagi bolg`achasi bilan stolga "taq" etib urdi. Bir necha yillik rishtalar uzilib, oila atalmish chinnining bo`laklari har yonga sochilib ketdi.

Ko`zlari javdiragan ikki go`dak bu ne sinoatligini hali beri tushunmasligi tayin. Tushunganda esa ota mehridan ayrilgani-yu, biroq har qalay otasi moddiy tomondan tashlab qo`ymaganini anglaydi. Xulosa esa ularning o`ziga bog`liq.

Fuqarolik ishlari bo`yichaGuliston tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor S.Eshmuratovdan voyaga etmagan 2 nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun N.Beknazarova foydasiga aliment undirish belgilangan edi.

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo`limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Eshmuratovdan farzandlarining 18 yoshga to`lguniga qadar to`lanishi kerak bo`lgan aliment pullarini oldindan jami 70 mln.728 ming so`m undirib berildi.

Комментарии