Му5
4

Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi harbiylari “Humo arena”da (Foto)

Jamiyat 21.09.2019, 10:08
Теглар: Foto
1143
Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi harbiylari “Humo arena”da (Foto)

Toshkent shahridagi muhtasham “Humo arena” majmuasida “Vatanga qasamyod” matni mohiyatini yoshlar orasida keng targ`ib etish maqsadida “O`zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zolari, taniqli madaniyat va san`at ustalari, Qurolli Kuchlar faxriylari bilan bir qatorda Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi, Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qism, muassasalar harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari, kursantlar, maktab o`quvchilari va chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyorgarlik fani o`qituvchilari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunining 3-moddasiga muvofiq, “Vatanga qasamyod” matni mazmun-mohiyatini keng targ`ib etish orqali yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma`naviyatini yuksaltirish
va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Tadbirda so`zga chiqqan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o`rinbosari Majid Umarov, mazkur kengash a`zosi, kinorejissyor Hilol Nasimov, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari Nodir Jonuzoq va boshqalar “Vatanga qasamyod” matni yanada takomillashib, mazmunan boyiganini alohida ta`kidladi.

Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan o`tkazilgan tadbirda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli konsert dasturi bilan ishtirok etdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari “Vatanga qasamyod” matnini o`qib eshittirgach, akademiyaning faxriy qorovul va harbiy orkestr jamoalari o`ziga xos ko`rgazmali chiqishlarni namoyish etdi. Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari qo`l jangi usullari yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Шарҳлар

Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

22.01.2020, 18:06

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan...
Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

14.01.2020, 20:17

Bugun, 14 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda...
Nukusdagi festivalda harbiylarning chiqishlari, yoshlar bilan quvnoq bahslar, qurol va harbiy texnikalar ko`rgazmasi va boshqalar namoyish etildi (Foto)

14.01.2020, 18:07

Vatanparvarlik oyligi doirasida barcha hududlarda bo`lgani kabi Qoraqalpog`iston Respublikasida ham vatanparvarlik festivallari orqali Vatan himoyachilari kuni ayyomi umumxalq bayrami sifatida xalqimiz bilan birga o`tkazilyapti.Nukus shahri...
Avtraliya tabiiy ofat iskanjasida (Foto)

07.01.2020, 12:29

2019 yilning oktyabr oylarida havo haroratining isib ketishi oqibatida Avstraliyaning sharqiy hududlarida boshlangan o`rmon yong`inlari hozirda Yangi janubiy Uels va Viktoriya shtatlarining janubiy-sharqiy qism hududlarigacha...