42

“Opel”dagi sayohat nihoyasiga etdi

Jinoyat 21.09.2019, 16:26
721
 “Opel”dagi sayohat nihoyasiga etdi

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzarning uddaburonligiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Xorijiy fuqaro S.N. tomonidan 8 avgust kuni olib kirilgan, qiymati 60 million so`mlik “OPEL ZAFIRA” rusumli engil avtomashina mamlakatimiz hududida fuqaro S.Sh.ga noqonuniy tarzda sotilgani va fuqaro S.Sh. tomonidan avtomashina hech qanday tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurilganligi aniqlandi.

Avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Комментарии