Му5
46

O`zbekiston banklari dollarni 9500 so`mdan sotishni boshladi

Jamiyat 23.09.2019, 12:34
590
O`zbekiston banklari dollarni 9500 so`mdan sotishni boshladi

O`zbekiston banklari 23 sentyabrdan e`tiboran dollarni 9500 so`mdan sotishni, 9300—9400 so`mdan sotib olishni boshladi. O`tgan hafta oxirida dollar 9400 so`m atrofida sotilayotgan edi, deb eslatmoqda Spot.

Amerika valyutasi kursi birjada ham o`smoqda. O`zbekiston valyuta birjasidagi 20 sentyabrdagi savdolar yakuniga ko`ra dollar 9441 so`m bo`lgan edi — bu 19 sentyabrdagi ko`rsatkichdan 12 so`mga ko`proq. Savdolar hajmi 112 million dollarni tashkil etdi.

O`tgan hafta Markaziy xorijiy valyutalarning kurslarini yangilagan edi (23 sentyabr, dushanba kuni ham yangi kurslar e`lon qilinishi kutilmoqda). O`shanda AQSh dollari kursi 16 so`mga o`sib, ilk bor 9400 so`mdan oshgan edi.

Шарҳлар