9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha jahon chempionatida Bahodir Jalolov eng yaxshi sportchi deya topilgan edi.
Uning chempionatda erishgan g`alabasi, sportdagi yutuqlari e`tirof etilib, Jalolovga Prezident sovg`asi – Toshkent shahri Qori Niyoziy ko`chasida joylashgan uy-joylardan biri – tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigirmanchi marta o`tkazilgan boks musobaqada dunyoning 78 mamlakatidan 400ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Unda O`zbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini jamg`arib, umumjamoa hisobida birinchi o`rinda yakunladi.