42

Yurtimida byudjeti 20 million dollar bo`lgan tarixiy serial suratga olinadi

Madaniyat 07.10.2019, 11:39
77
Yurtimida byudjeti 20 million dollar bo`lgan tarixiy serial suratga olinadi

2020 yilda mamlakatimizda “Sultana” nomli tarixiy teleserialni suratga olish ishlari boshlanadi. Loyihani MDHdagi eng yirik televizion kontent ishlab chiqaruvchilaridan biri bo`lgan “Star Media” kinokompaniyasi amalga oshiradi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda xalqaro loyiha – “Sultana” serialini yaratish bo`yicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi. Vladislav Ryashin mamlaktimizga “Quddus”, “Poyga” va “Arvohlar shahri” kabi filmlari bilan tanilgan fransiyalik prodyuser Jan Charlz Levi bilan birga tashrif buyurdi.

Serialni suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida suratga olinadi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etishi ko`zda tutilgan, aktyorlar nomi hozircha sir tutilmoqda. 

“Sultana” seriali syujeti XVII asrda bo`lib o`tgan hodisalarni o`zida jamlagan bo`lib, bugungi kun uchun ham dolzarb bo`lgan geosiyosat, hukmronlik va sevgi uchun kurash mavzularini ochib beradi. Olti epizodni o`z ichiga oladigan birinchi mavsum uchun byudjet 20 million AQSh dollarini tashkil qiladi. 

Комментарии