42

“Star Media” kelasi yili "Toshkent - non shahri" filmini suratga olishni rejalashtirmoqda

Madaniyat 07.10.2019, 12:23
60
“Star Media” kelasi yili "Toshkent - non shahri" filmini suratga olishni  rejalashtirmoqda

“Star Media” kelasi yili "Toshkent - non shahri" filmini suratga olishni ham ko`zda tutmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ma`lum qilingan. 

O`zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan ma`lum qilinishicha, ushbu film orqali Shuhrat Abbosovning shu nomdagi afsonaviy filmini qayta suratga olish emas, balki mutlaqo yangi asar yaratilishi nazarda tutilgan. 

"Biz "Toshkent - non shahri" filmini Rossiyaning "Birinchi kanal"i bilan hamkorlikda suratga olishni rejalashtirganmiz. Mamlakatingiz bilan bog`liq barcha loyihalarni O`zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan birga amalga oshiramiz" - dedi Vladislav Ryashin.

Ta`kidlash joizki, “Star Media” kinokompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirda MDH hududidagi eng yirik kino va televizion kontent yaratuvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning fondi 5000 soatdan ortiq o`zi ishlab chiqargan mahsulotlarga ega. Kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri - o`z mahsulotlarini boshqa mamlakatlar bozorlariga izchil tarqatishdir.  Jumladan, 50 dan ortiq chet el davlati - Sharqiy va G`arbiy Evropa, Yaqin Sharq, Xitoy, Yaponiya, AQSh va Isroil davlatlari “Star Media” mahsulotlarining doimiy haridorlari hisoblanadi. 

Комментарии