41

Soliqlarni nazorat qilishda yangi mexanizmlar joriy etiladi

Iqtisodiyot 07.10.2019, 14:56
79
Soliqlarni nazorat qilishda yangi mexanizmlar joriy etiladi

Davlat soliq qo`mitasi raisi Behzod MUSAEV O`zA muxbiri bilan Prezidentning joriy yilning 26 sentyabridagi “O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, soliq siyosatidagi o`zgarishlar haqidagi suhbatida soliqlarni nazorat qilishda rejalashtirilayotgan yangiliklar haqida ham ma`lumot berdi. 

“– Axborot texnologiyalari davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng qo`llanilmoqda, jumladan, soliq siyosati va uning tushumini nazorat qilish sohasida ham. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmas ekan, bu islohotlarning to`la samara bermasligi, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda kamchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois soliq organlari faoliyati bugun tubdan o`zgartirilmoqda. Etti xil yangi turdagi soliq nazorati mexanizmlari joriy qilinmoqda. Bu qo`shilgan qiymat solig`i guvohnomasini olish, bojxona deklarasiyasi asosida kirib kelgan yuklarning elektron hisob-fakturasini joriy qilish, butun mamlakat tadbirkorlik faoliyati hisobini elektron ko`rinishga o`tkazish, elektron transport yuk xati joriy qilib, yo`ldagi yuklar harakatini nazorat qilish va mahsulot tayyor bo`lganidan so`ng ular savdosida onlayn nazorat-kassa apparatlarini joriy qilishda namoyon.

Soliq tizimiga bu kabi amaliyotlarni joriy etishda Xitoy, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar tajribalari o`rganildi. Bu, o`z navbatida, soliq to`lovida shaffoflikni ta`minlashga qaratilgan.”

Комментарии