41

Mo`ynoqda Xitoy investisiyasi evaziga qamishdan DSP ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 07.10.2019, 15:05
Теги: Xitoy, Mo`ynoq, investisiya, DSP
97
Mo`ynoqda Xitoy investisiyasi evaziga qamishdan DSP ishlab chiqariladi

Xitoy investisiyasi asosida Mo`ynoqda DSP ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi.

Esingizda bo`lsa, Prezidentga qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasi taqdim qilingan edi. Yaqin kelajakda ushbu loyiha amalga oshiriladigan bo`lib turibdi.

Loyihaning qiymati 45 mln. AQSh dollariga teng. Uning ijrosi bo`yicha Xitoyning “Panjin Jijia” kompaniyasi va “Toshkent Plast Polimer” MChJ o`rtasida investisiya kelishuviga erishildi.  

Shartnomaga ko`ra, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya jalb qilinib, Mo`ynoq tumanidagi “Tikuzik” hududida zavod quriladi. Yiliga qamishdan 200 000 metr kub DSP ishlab chiqariladi.

Zavod ishga tushib ketsa, qurilisha kamyob bo`lgan xamashyo – DSPlarning narxiyam sal arzonlashib qolsa ajab emas. 

Комментарии