BMT Hindiston hukumatini Asam shtatidagi 2 millionkishini fuqarolikdan mahrum qilmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
Hindistonning Asam shtatida istiqomat qiluvchi ikki millon kishi fuqaroligini yo`qotishi mumkin. Sababi ular bu yilgi milliy reestrga kiritilmagan. Ushbu ro`yxatga kiritilmaganlarga esa deportasiya xavf solmoqda. BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi Hindiston hukumatini o`z qarorini qayta ko`rib chiqishga chaqirmoqda. Fuqarolik bo`yicha milliy reestr Asamda o`tgan asrning o`rtalarida tashkil etilgan. Ana o`shanda Bangladesh mustaqilligi uchun urush boshlangan va natijada shtatga ko`plab qochoqlar kirib kelgan.
Endi ro`yxatdan joy olmaganlar to`rt oy ichida sudda fuqarolik huquqini isbotlab berishi lozim. BMT dunyo bo`ylab fuqaroligi bo`lmagan shaxslar sonini kamaytirishga harakat qilmoqda. Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, mazkur masalada eng og`ir vaziyat rohingya musulmon jamoalari bilan yuzaga kelgan. Myanma hukumati ularni bangladeshlik noqonuniy muhojirlar sifatida baholab, yaqin vaqtga qadar fuqarolik berishni rad etib kelgan.