Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki qiz farzandidan so`ng uch egizakli bo`ldi, bu haqida Sog`liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Kesarcha kesish amaliyoti orqali 39 haftada dunyoga kelgan chaqaloqlarning kattasi Hasanboy 2485 gr., Fotima va Zuhraxonlar 2500 gr. vaznda. Ular malakali mutaxassislar ko`rigidan o`tkazildi, barchasi sog`lom.
Ayolning turmush o`rtog`i Umidjon Haydarov qurilish tashkilotida ishchi bo`lib, mehnat qiladi.
Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratida bo`lib, ularga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda.
20.11.2019, 16:27
2018 yilning 15 dekabr kun Belorussiya Respublika yoshlar ittifoqi (BRYoI) va O`zbekiston yoshlar ittifoqi o`rtasida hamkorlik to`g`risida mumorandum imzolangandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – Belarus...30.10.2019, 11:48
Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida O`zbekistoning madaniyati, san`ati va turizm salohiyatini targ`ib etishdi. Tadbirda o`zbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari...10.10.2019, 16:32
“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...04.10.2019, 15:49
2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...