AsosiySiyosat

Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Komissiyasining xalqaro seminari boshlandi

'Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Komissiyasining xalqaro seminari boshlandi'ning rasmi

7 oktyabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasining oltinchi yillik seminari ish boshladi. U “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo`lida yoshlar huquqlarini rag`batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusiga bag`ishlangan.

Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni IHT Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasi raisi Akmal Saidov kirish so`zi bilan ochdi.

Qur`on tilovat qilindi.

Ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva, IHT Bosh kotibining vakili Maha Akil hamda BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissarining vakili Richard Komenda nutq so`zladi. 

So`zga chiqqanlar Yillik seminar ishtirokchilarini qutlab, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar. 

Xalqaro forum ishtirokchilari esdalik uchun birgalikda suratga tushdilar.

Anjuman 8 oktyabrda yakunlanadi. Tadbir dasturiga ko`ra, xalqaro seminar ishtirokchilari uchun Toshkent va Samarqand shaharlariga sayohat uyushtiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar