AsosiyIqtisodiyot

Samarqandda mehmonxona qurish uchun erlar onlayn-auksion orqali taqdim etiladi

'Samarqandda mehmonxona qurish uchun erlar onlayn-auksion orqali taqdim etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabr oyidan boshlab YuNESKO umumjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan hududlar, shu jumladan bufer zonalarlan tashqari, Samarqand shahridagi er uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga E-IJRO auksion savdo maydonchasida elektron onlayn-aukison orqali taqdim etiladi va ularga quyidagi investisiyaviy majburiyatlar  yuklanadi: 

•  maydoni 6 sotixdan 15 sotixgacha bo`lgan er uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam bo`lmagan mehmonxona qurish; 

•  maydoni 15 sotixdan 30 sotixgacha bo`lgan er uchastkasini ajratishda holatda - 100 xonadan kam bo`lmagan mehmonxona; 

•  50 sotix va undan ortiq maydonga ega er uchastkasini ajratishda - 200 ta xonadan kam bo`lmagan, Z-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish yuklanadi. 

Boshqa yangiliklar