41

Yana bir o`zbekistonlik MMA sportchisi vafot etdi

Sport 08.10.2019, 09:46
200
Yana bir o`zbekistonlik MMA sportchisi vafot etdi

Qo`l jangi va jangovor sambo sport turlari ustasi, so`nggi paytlarda o`zini MMAda sinab ko`rayotgan hamyurtimiz Bekzod Nurmatov hayotdan ko`z yumdi, deya xabar berdi "Olamsport" nashri.

Nurmatov uch kun avval, ya`ni 4 oktyabrda Chechenistonning Grozniy shahrida Rossiyaning Absolute Championship Akhmat MMA-promousheni tomonidan tashkil etilgan ASA 100 yubiley turnirida ishtirok etgan edi. 

Yurtdoshimiz hakamlar qaroriga ko`ra mezbon sportchi Beslan Isaevga imkoniyatni boy berib qo`ygandi. Hakamlardan ikki nafari Isaev, yana biri Nurmatovning g`alabasini ta`minlagandi. 

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kursanti, qo`l jangi bo`yicha jahon chempioni, bir necha karra Jahon Kubogi sohibi bo`lgan 27 yoshli hamyurtimizning professional faoliyatidagi ko`rsatkichi 11-2 edi. 

Hozircha Bekzod Nurmatovning o`limi sabablari ma`lum emas. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, uning o`limiga insult, ya`ni miyaga qon quyilishi sabab bo`lgan.   

Комментарии