Termiz shahridagi “Alpomish” o`yingohida kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan XIV xalqaro turnir o`z nihoyasiga etdi.
Unda mamlakatimiz va dunyoning 48 davlatidan kelgan 55, 66, 73, 81, 90 va +100 kilogramm vazn toifasida yoshlar, 48, 57, 70 va +78 kilogramm vazn toifasida qizlar hamda mutlaq vazn toifasidagi eng sara polvonlar gilamga tushib, o`zaro bellashdi.
Katta sport bayramiga aylangan turnirda barcha qitalardan mohir polvonlar, murabbiylar va hakamlar bilan birga Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov, Afrika Kurash konfederasiyasi prezidenti Tomas Duneer, Panamerika Kurash konfederasiyasi prezidenti Janni Kazanova, Osiyo Kurash konfederasiyasi prezidenti Komiljon Ro`ziev, shuningdek 19 ta xorijiy davlatning Kurash federasiyasi prezident va raislari ishtirok etib, musobaqani tomosha qildi.
Qizg`in bahslarga boy bo`lgan kurashning mutlaq vazn toifasida xorazmlik Boltaboy Boltaev surxondaryolik Muhsin Hisomiddinovni mag`lub etib, Prezident sovrini – o`n ming dollar miqdoridagi pul mukofotini qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni egallagan Muhsin Hisomiddinov besh ming dollar, uchinchi o`rin sohibi bo`lgan tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliev va eronlik Jafariy Paxlovoniylarning har biri 3 ming 500 dollar miqdoridagi sovringa ega bo`ldi. Shuningdek, to`rt nafar chorak final ishtirokchisi ham 2 ming dollardan rag`batlantiruvchi mukofot oldi.
Musobaqaning qolgan barcha vaznlarida g`olibga 3 ming AQSh dollari, ikkinchi o`rin egasiga 2 ming va uchinchi o`ringa ming dollar sovrin berildi.
Quyida mazkur xalqaro turnirning barcha vazn toifalaridagi g`olib va sovrindorlari bilan tanishing.
QIZLAR
48 kg. vazn toifasi
1. Yuen Lean (Xitoy Taypeyi)
2. Dillola Dehqonboeva (O`zbekiston)
3. Barchinoy Karimova (O`zbekiston)
3. Kumari Lakishmi (Hindiston)
57 kg. vazn toifasi
1. Iroda Mamashoeva (O`zbekiston)
2. Dinniy Febrianiy (Hindiston)
3. Yun Xva Ven (Xitoy Taypeyi)
3. Mashhura Pardaeva (O`zbekiston)
70 kg. vazn toifasi
1. Vladlena Guseva (Rossiya)
2. Shahnoza Bozorova (O`zbekiston)
3. Shifa Hasaninajmi (O`zbekiston)
3. Malika Qahhorova (O`zbekiston)
+78 kg. vazn toifasi
1. Rinata Ilmatova (O`zbekiston)
2. Lang Katja (JAR)
3. Minjinsor Ganbatar (Mo`g`uliston)
3. Pokizaxon Kamoliddinova (O`zbekiston)
ERKAKLAR
55 kg. vazn toifasi
1. Sanjar Saidqulov (O`zbekiston)
2. Ngiyun Vantxani (Vetnam)
3. Murad Ibragimov (Ozarbayjon)
3. Hasan Botirov (O`zbekiston)
66 kg. vazn toifasi
1. Sardorbek Jangeldiev (O`zbekiston)
2. Gniyaz Mahmudlu (Ozarbayjon)
3. Ali Muhammad Iborimonlov (Eron)
3. Jamshid Yo`ldoshev (O`zbekiston)
73 kg. vazn toifasi
1. Najmiddin Mahamadsharif (Tojikiston)
2. Alixon Nodirov (O`zbekiston)
3. Chi Peng Chan (Xitoy Taypeyi)
3. Jaloliddin Boynazarov (O`zbeksiton)
81 kg. vazn toifasi
1. Erkin Kazakov (O`zbekiston)
2. Ruslan Allaberdiev (Qozog`iston)
3. Viktor Kumudor (Polsha)
3. Umar Bozorov (O`zbekiston)
90 kg. vazn toifasi
1. Shahobiddin Hamroev (O`zbekiston)
2. Shamil Israfilov (Ozarbayjon)
3. Yaash Bxardvaj (Hindiston)
3. Arnold Normo`minov (O`zbekiston)
+100 kg. vazn toifasi
1. Shahboz Po`latov (O`zbekiston)
2. Chingizxon Shokirov (O`zbekiston)
3. Dimitrios Tsoumitios (Gresiya)
3. Beknazar To`raqulov (O`zbekiston)
Mutloq vazn
1. Boltaboy Boltaev (O`zbekiston)
2. Muhsin Hisomiddinov (O`zbekiston)
3. Dadaxon Qurbonaliev (Tojikiston)
3. Ja`far Pahlavoniy (Eron )