AsosiyDunyo

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevning o`g`li mamlakatni tark etdi

'Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevning o`g`li mamlakatni tark etdi'ning rasmi

Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaevning kichik o`g`li Qodir Atambaev mamlakatni tark etdi. Bu haqda 24.kg nashriga uni aeroportda ko`rgan guvohlar xabar berdi.

SDPK partiyasi o`rinbosari Kunduz Joldubaeva ham Atambaevning o`g`li mamlakatni tark etganini tasdiqladi. Uning ta`kidlashicha, Qodir aspiranturaga kirish uchun ketmoqda. Uning qaysi shaharga ketayotgani ochiqlanmagan.

Atambaevning kenja o`g`li Qodir otasi hibsga olingandan so`ng hukumatni qattiq tanqid qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar