42

Tehronda ayollarning stadionga kiritilishi ortidan norozilik namoyishi bo`ldi (Video)

Dunyo 08.10.2019, 13:42
103
Tehronda ayollarning stadionga kiritilishi ortidan norozilik namoyishi bo`ldi (Video)

Tehronda ayollarning futbol stadionlariga kirib o`yinlarni to`g`ridan-to`g`ri kuzatib borishiga ruxsat berilishi ortidan norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Norozilik aksiyalari jahon chempionati saralash bosqichidan o`rin olgan Eron va Kamboja terma jamoalari o`yini olididan bo`lib o`tmoqda. Aynan ushbu o`yinni Eronlik muxlisalar bevosita stadiondan turib tomosha qilishlari mumkin. Namoyishchilarning fikricha, bu holat barcha eronlik ayollarning hayot tarzini o`zgartirishi mumkin.1979 yildan beri Eronda ayollarning ommaviy sport musobaqalarga kirishi taqiqlanadi. 

Mazkur talabni buzganlarga esa qamoq jazosi xavf soladi. Biroq, FIFAning talabi bilan Eron hukumati ayollarning terma jamoa o`yiniga kirishiga ruxsat berdi. Eslatib o`tamiz, Eron - Kamboja o`yini 10 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.  Mazkur o`yinni tomosha qiluvchi ayollarga dastlab ikkita alohida sektor ajratildi. Biroq ushbu sektor uchun ajratilgan chiptalar bir zumda sotib bo`linishi ortidan, ayollar uchun maxsus tribunalar ikki marotabaga ko`paytirildi.

Комментарии