41

Tibbiyot sohasidagi Nobel mukofotining laureatlari nomi ma`lum bo`ldi

Dunyo 08.10.2019, 13:47
69
Tibbiyot sohasidagi Nobel mukofotining laureatlari nomi ma`lum bo`ldi

Bu yilgi Nobel mukofotining tibbiyot sohasidagi laureatlari nomi ma`lum bo`ldi.  Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Stokgolmdagi Karolin tibbiyot instituti qoshidagi Nobel qo`mitasi kotibi Tomas Perelman 2019 yilgi Nobel mukofoti tibbiyot va fiziologiya sohasida Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa tomonidan tirik hujayralarning kislorod mavjudligiga qanday reaksiya bildirishini o`rganish bo`yicha olib borgan hamkorlikdagi tadqiqotlari uchun berilishini ma`lum qildi. Laureatlarning ushbu tadqiqoti kislorod darajasi moddalar almashinuviga qanday ta`sir qilishini tushunish uchun asos bo`ldi. 

Bundan tashqari, ularning kashfiyoti anemiya, saraton va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishning yangi, istiqbolli usullarini yaratishga imkon beradi. Elatib o`tamiz, tibbiyot va fiziologiya sohasida mukofot aniq bir kashfiyot uchun beriladi.  Olimlar o`z tadqiqotlari bilan turli darajadagi kislorodga javoban genlar faolligini tartibga soluvchi molekulyar mexanizmni aniqlashga erishdi. Doktor Uilyam Kelin Garvard universiteti professori, Peter Ratkliff esa Oksfordda tadqiqot ishlarini olib boradi. Gregg Semensa esa AQShdagi mashhur pediatrdir. G`oliblarni taqdirlash marosimi an`anaga muvofiq 10 dekabr kuni bo`lib o`tadi.

Комментарии