41

Italiyada muhojirlar bo`lgan qayiq halokatga uchradi (Video)

Dunyo 08.10.2019, 13:53
89
Italiyada muhojirlar bo`lgan qayiq halokatga uchradi (Video)

Italiyaning Lampeduza oroli qirg`oqlari yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq halokatga uchradi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Hodisa oqibatida 13 nafar ayol halok bo`ldi. Shuningdek, 20 ga yaqin kishi bedarak yo`qolgan, deb hisoblanmoqda. Ular orasida 8 nafar bolalar ham bor. Noqulay ob-havo sharoiti esa qidiruv-qutqaruv ishlarini qiynlashtirmoqda. Italiya prokuraturasi ro`y bergan halokat yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Sohil bo`yi qo`riqlash xizmati 22 nafar insonni qutqarishga muvaffaq bo`ldi.

Lampeduza meri Salvator Martello insonlar bunday holatda halok bo`lmasliklari lozimligini ta`kidlab, noqonuniy muhojirlarni tashish bilan shug`ullanayotgan guruhlarni aniqlash va ularga chora ko`rish lozimligini ta`kidladi.Bundan olti yil avval Lampeduza oroli qirg`oqlari yaqinida kema halokatga uchrashi oqibatida 400 nafar muhojir vafot etgan edi. Xalqaro migrasiya tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, ayni damga qadar dengiz orqali Evropaga kelish jarayonida 19 ming kishi halok bo`lgan yoki bedarak yo`qolgan. 

Комментарии