Му5
48

O`zbekistonlik taniqli jangchi Bekzod Nurmatov miyaga qon quyilishidan vafot etdi

Sport 08.10.2019, 17:20
Теглар: Bekzod Nurmatov, jang
3310
O`zbekistonlik taniqli jangchi Bekzod Nurmatov miyaga qon quyilishidan vafot etdi

Ko`plab yakkakurash sport turlari bo`yicha o`zining ajoyib janglari bilan shuhrat qozonib kelayotgan vakilimiz Bekzod Nurmatov bugun vafot etdi. Bu haqida Nurmatovning muxlislari uning instagram sahifasidagi izohlarda ma`lum qilishmoqda. Sportchimiz 4 oktyabr kuni Chechenistonda o`tgan ASA 100 turnirida ishtirok etgan. 

Jangda rossiyalik Beslan Isaevga qarshi jangda ochkolar bo`yicha mag`lub bo`lgan Nurmatov jangdan so`ng o`zini yomon his qilgan va shifoxonaga olib borilgan. Afsuski, shifokorlarning urinishlari besamar ketgan va o`zbek sportchisi miyyaga qon quyilishi natijasida hayotgan ko`z yumgan. 

27 yoshli Bekzod Nurmatov muxlislar orasida "Tank" nomi bilan mashhur bo`lgan. Bu sportchi jangovor sambo, qo`l jangi kabi sport turlari bo`yicha ko`plab xalqaro musobaqalar g`olibi va sovrindori edi.  U o`zining 13 ta bellashuvidan 11 tasini g`alaba bilan yakunlagan va 2 ta bahsda engilgan. Sportchimizning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz. 

Ushbu video lavhada Bekzod Nurmatovning vafotiga sabab bo`lgan so`nggi jangini ko`rishingiz mumkin.

 

Шарҳлар