Ijtimoiy tarmoqlarda "Direktor dars o`tayotgan o`qituvchilarni majlisga chaqirdi, bolalar 40 daqiqa qarovsiz qoldi" sarlavhasi ostida e`lon qilingan tanqidiy maqola Namangan viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan atroflicha o`rganib chiqilgandigi ma`lum qilindi.
Tuzilgan ishchi guruh tomonidan aniqlanishicha, haqiqatan ham, 2019 yil 6 sentyabr kuni Chortoq tumanidagi 52-umumta`lim maktabi direktori R. Boydedaev tomonidan 19 nafar o`qituvchini dars mashg`ulotlari paytida majlisga chaqirganligi sababli bir muncha vaqt o`quvchilar o`qituvchi nazoratisiz qolgan.
Mazkur holat sababli, shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonini namunali tashkil etishni etarli darajada yo`lga qo`ymaganligi uchun maktab direktori R. Boydedaev va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari A. Ismoilovga nisbatan tegishli chora ko`rilib, ular O`zbekiston Respublikasi
Mehnat qonunchiligiga asosan egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Shuning rasmiy xabarda keltirilishicha, viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi bu borada tegishli chora-tadbirlarni ko`rib boradi.