41

Bojxona to`lovlarini chetlab o`tish uchun tuzilgan rejalar chippakka chiqdi

Jinoyat 09.10.2019, 10:46
197
Bojxona to`lovlarini chetlab o`tish uchun tuzilgan rejalar  chippakka chiqdi

Bojxona to`lovlarini chetlab o`tish uchun tuzilgan rejalar 
chippakka chiqdi

Bojxona to`lovlarini chetlab o`tishga bo`lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o`z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Jumladan, Toshkentshahar bojxona boshqarmasi xodimlari bojxona to`lovlaridan qochishga urinish bilan bog`liq bir necha qoidabuzarlik holatlarini o`z vaqtida fosh etishdi.

“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatnomiga  xorijdan keltirilgan yuklar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, yuklar orasida  bojxona yuk deklarasiyasida hamda  yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 8,7 million so`mlik 872 dona osma qulflar borligi  ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar tekshirilganida  bojxona yuk deklarasiyasida hamda  yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan umumiy qiymati 63 million so`mlik salkam 126 million dona chek uchu ntasmalar borligi aniqlandi.

“Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan ham qonunbuzarlar tuzgan qing`ir reja bartaraf qilindi. Poytaxtimizdagi korxonalardan biri nomiga hujjatlarda ko`rsatilmagan 1035 dona o`t o`rish moslamasining ehtiyot qismlari, bir dona silliqlash uskunasi va salkam 16 ming dona optik ko`zoynaklar vaa ksessuarlari keltirilgani ma`lum bo`ldi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 178 million so`mni tashkil etdi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati

 

Комментарии