41

Firibgarlikka qo`l urgan suvchiga jazo tayinlandi

Jinoyat 09.10.2019, 13:01
96
Firibgarlikka qo`l urgan suvchiga jazo tayinlandi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Suvoqova” DUK Andijon shahar filiali xodimi I.Ro`zmatov fuqaro O.Akbarovning yashab turgan xonadondagi suvta`minotidan 800 ming so`m qarzdorligini yo`q qilib berish hamda suvdan qarzi yo`qligi haqida hujjatlar tayyorlab berishini aytib, evaziga 400 ming so`m talab qilganligi aniqlangan. 

I.Ro`zmatov o`z xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik yo`li bilan fuqaro O.Akbarovdan 300 ming so`m pullarni olayotgan vaqtda kimyoviy ishlov berilgan dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudi tomonidan “Suvoqova” DUK Andijon shahar filiali xodimi I.Ro`zmatovga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism “v” bandi bilan 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

 

Комментарии