41

Toshkentda maishiy janjal oqibatida qotillik sodir bo`ldi

Jinoyat 09.10.2019, 14:22
135
Toshkentda maishiy janjal oqibatida qotillik sodir bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkentda maishiy janjal oqibatida kelib chiqqan qotillik haqida xabar berdi.

Unga ko`ra, 8 oktyabr kuni soat 18:30 larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) o`zining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`rtasida o`zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, u oshxona pichog`i bilan I.K.ning bo`yin qismiga bir necha marotaba pichoq bilan urib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Комментарии