41

Don korxonalari g`alla etishtiruvchi fermerlardan 702 mlrd. so`m qarzdor

Siyosat 09.10.2019, 15:03
60
Don korxonalari g`alla etishtiruvchi fermerlardan 702 mlrd. so`m qarzdor

O`zbekiston ekologik harakati deputatlari guruhining O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi Rayosatining Oliy Majlisga yo`llagan G`alla etishtiruvchi fermer xo`jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash yuzasidan murojaatnomasi muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Tadbirda ta`kidlandiki, don korxonalarining respublikamizdagi g`alla etishtiruvchi fermer xo`jaliklaridan 702 mlrd. so`m miqdordagi qarzdorligi vujudga kelgan. Bu qarzdorlik o`z vaqtida bartaraf etilmayotgani natijasida fermer xo`jaliklari tomonidan belgilangan agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirish imkoniyatlari cheklanib, iqtisodiy qiyin holatga tushib qolayotgani qayd qilindi.

Muhokamalar davomida deputatlik guruhi a`zolari tomonidan ta`kidlab o`tilganidek, fermer xo`jaliklari tomonidan etishtirgan g`alla bozor narxlarida xarid qilinsa, bu ularga kuchli rag`batlantiruvchi omil bo`ladi. Fermer xo`jaliklarining g`alla etishtirishdan manfaatdorligi oshib, ichki bozorda ham mahsulotning taklifi ko`payadi hamda uni barqaror mo``tadil narxlarda sotilishi ta`minlanib, fermer xo`jaliklarining, donni qayta ishlovchi korxonalarning zararga ishlashiga chek qo`yiladi.

Muhokamalar yakuniga ko`ra, Ekoharakat deputatlari guruhi O`zbekiston Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi Rayosatining murojaatnomasida fermer xo`jaliklarining g`alla etishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ularning o`z mehnatiga yarasha daromad olishi, shu orqali ularning g`alla etishtirish hajmlarini ko`paytirishga qiziqishi ortishini ta`minlash maqsadida kiritgan takliflarini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

Комментарии