41

33 milliard so`mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi

Jinoyat 09.10.2019, 16:23
98
33 milliard so`mdan ortiq soliq qarzdorligi undirildi

Sudlar tomonidan taqdim etilgan soliq qarzini undirish bilan bog`liq ijro hujjatlari ijrosini to`liq ta`minlash, qarzdorliklarni qisqartirish maqsadida Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat Davlat Soliq boshqarmasi o`rtasida qo`shma buyruq imzolangan hamda ishchi guruhlar tuzilgan.

Xususan, 2019 yil davomida yuridik shaxslardan soliq undirish bilan bog`liq jami 698,3 mlrd. so`mlik 7.963 ta ijro hujjatlari ijrosi ta`minlanib, shundan, 291,2 mlrd. so`mlik 1.678 tasi amalda undirilgan. Birgina, joriy yilning sentyabr oyida jami 79 mlrd. 431,2 mln. so`mlik 778 ta ijro hujjatlari ijrosi ta`minlanib, shundan 33 mldr. 657,2 mln. so`mlik soliq qarzdorligi undirildi.

Shuningdek, joriy yilning 25 sentyabr kunidan 30 sentyabr kuniga qadar jami 56 mlrd. 285,2 mln. so`mligi tamomlanib, shundan 13,6 mlrd. so`m soliq qarzdorligi undirilishiga erishildi.

Bundan tashqari, ushbu davr oralig`ida qarzdor yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan 79 turdagi bahosi 17,7 mlrd. so`mlik mol-mulklar xatlangan. Bular 16 turdagi taxminiy bahosi 3,2 mlrd. so`mlik avtotransport vositalari, 11 turdagi taxminiy bahosi 8,3 mlrd. so`mlik ko`chmas mulk ob`ektlari, 51 turdagi taxminiy bahosi 6,2 mlrd. so`mlik boshqa turdagi mol-mulklardan iborat bo`lib, hozirda ushbu mol-mulklarni baholash va realizasiya qilish choralari ko`rilmoqda.

Комментарии