41

1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 09.10.2019, 17:16
77
1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Bojxona xodimlari ayrim shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga urinish holatlariga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari, qo`shni davlatdan ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.G. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazishganda ushbu shaxsning qo`l yuklari va kiyimlari orasida umumiy qiymati qariyb 96,5 million so`mlik jami og`irligi 385.55 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligini aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu post xodimlari tomonidan yana bir yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. 

Qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, ushbu fuqaro umumiy qiymati qariyb 197 million so`mlik jami 786 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga uringanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Комментарии