42

Gugurt qutilariga yashirilgan giyohvandlik moddalari fosh etildi

Jinoyat 09.10.2019, 17:33
135
Gugurt qutilariga yashirilgan giyohvandlik moddalari fosh etildi

Bojxona organi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda. 

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.T. to`xtatilib, belgilangan tarzda ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning cho`ntaklarida gugurt qutisiga joylangan, og`irligi 7 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Navoiy shahrida o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro B.T. shartli xaridorga gugurt qutisiga yashirilgan, og`irligi 6 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvand moddasini 400 ming so`m evaziga sotayotgan paytida qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

Комментарии