41

Ilk bor o`qituvchilar o`z fanini hamda davlat tilini bilishi bo`yicha test topshirmoqdalar

Jamiyat 10.10.2019, 12:06
65
Ilk bor o`qituvchilar o`z fanini hamda davlat tilini bilishi bo`yicha test topshirmoqdalar

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ta`lim sifati bo`yicha Sirdaryo viloyati xalq ta`limi boshqaruv organlari xodimlari, metodistlar va maktab o`qituvchilarining menejerlik, tegishli fan va davlat tili bo`yicha bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovlariga start berildi, deya xabar bermoqda Xalq ta`limi vazirligi matuot xizmati.

Test sinovlari Guliston shahrining Alpomish sport majmuasida grafik asosida 3 smenada o`tkazilmoqda. Har bir smenaga 600 nafar o`qituvchilar qamrab olindi.

Hozirgi kunga kelib test jarayonlarida matematika, informatika, iqtisodiy bilim asoslari kabi fan o`qituvchilari va metodistlari ishtirok etishdi.

O`qituvchilar 30 ta o`z mutaxassisligiga yaqin bo`lgan fandan va 20 ta davlat tili, jami 50 ta testni ikki soat mobaynida echishi kerak.

Test sinovlarini joriy yilning 13 oktyabr kuni yakunlash va ushbu jarayonga Sirdaryo viloyati xalq ta`limi tizimida faoliyat yuritayotgan 12500 dan ortiq o`qituvchi va xodimlarni barchasini qamrab olish ko`zda tutilgan.

Shu bilan birga, fan metodistlari, maktab direktorlari va o`rinbosarlari hamda o`qituvchilarning ijodkorlikka, yangiliklarga hamda o`z ustida yanada ko`proq ishlashga undash maqsadida insho yozishlari rejalashtirilgan.

Fan metodistlari joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari, direktor o`rinbosarlari va barcha o`qituvchilar o`zlari faoliyat ko`rsatayotgan ta`lim muassasalarida darsdan keyingi vaqtlarda insho yozishadi.

Shuni ta`kidlash lozimki, mamlakatimizning boshqa hududlarida faoliyat yuritayotgan xalq tizimi xodimlarini ham bosqichma bosqich test sinovlaridan o`tkazish rejalashtirilgan.

Комментарии