Farg`ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi, deb yozadi “Postda” nashri.
Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00larda «Turk» mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan “Abduqodir” bog`dorchilik fermer xo`jaligining gilos bog`idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og`irligi 150 kg. bo`lgan aviasiya bombasi topildi.
Ayni paytda yo`q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog`da qanday paydo bo`lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.