“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli mamalakatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilari avvalo O`zbekiston yoshlar ittifoqi muzeyi bilan tanishishdi. Shundan so`ng yoshlar bilan qizg`in ijodiy davra suhbati bo`lib o`tdi, uchrashuvda har bir mehmon o`z yurtida adabiyot va san`atga bo`lgan e`tibor haqida so`zlash bilan birga o`z ijodlaridan namunalar ham o`qib berishdi.
MehmonlarToshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg`ona shaharlarida bo`lib, u erdagi taassurotlarini to`lqinlanib so`zlashdi.
Sipi Levin Bayron (Isroil): – Mamlakatingiz bo`ylab ikki hafta davom etgan dasturimiz yakuniga etdi. Men bu dasturga katta umidlar bilan qatnashgandim. Lekin orzularim oshig`i bilan amalga oshdi. Biz Toshkentning go`zalligiga, Samarqandning mo``jizaviyligiga, Buxoroning yuksak ma`naviyatiga va butun o`zbek xalqining mehmondo`stligiga guvoh bo`ldik. Bu bir umr esdan chiqmaydigan taassurotlardir. Yurtingiz biz tasavvur qilgandan ham go`zal ekan.
Beknur Kisikov (Qozog`iston): – Men O`zbekistonni va o`zbek adabiyotini yaxshi ko`raman. Yurtingizdan ajoyib yozuvchilar etishib chiqqan, ular bilan faxrlanishingiz va ijodini qadrlashingiz kerak. Ishonamanki, yoshlaringiz ham ajoyib adabiyotni yarata oladi. Chunki sizni ilhomlantira oladigan yurtingiz va bir-biridan sofdil odamlaringiz bor. Bunday muhit bilan buyuk adabiyot yaratsa bo`ladi.
A`zam Obidov, dastur tashabbuskori, yozuvchi va tarjimon:
Loyihamiz o`z oldiga qo`ygan maqsadga qisman erishdi deb ayta olaman. Ayrim joylarda kamchiliklarimiz borligi ko`rindi, ayrim joylarda hukumatimizning yordami kerakligi ham sezildi. Asosiysi, loyihamizga qiziqish katta, shunday ekan davomli bo`ladi deb umid qilaman. O`zbek adabiyoti chet el tillarga ko`proq tarjima qilinishini istaymiz.Chunki bu ijodkorlarimizni dunyoga tanitishning eng oson yo`li.Buning uchun ijodkorlarimiz dunyo tillarini o`rganishlari hamda xorij ijod ahli bilan tez-tez uchrashib turishi lozim. Shunday ekan bu kabi mustaqil dasturlar,madaniy-ijodiy loyihalarning tez-tez o`tkazilishi muhim deb hisoblayman.
Uchrashuv davomida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Alisher Sa`dullaev so`zga chiqib mehmonlarga yosh ijodkorlarga bergan katta tajribasi va rag`bati uchun o`z minatdorchiligini bildirdi.
Shundan so`ng Yosh ijodkorlar kengashining faol yoshlari bilan xorijiy mehmonlar o`rtasida qizg`in savol-javob bo`lib o`tdi. Ijodiy ruhda kechgan tadbir mehmonlarda ham, yoshlarda ham katta taassurot qoldirdi. Ushbu uchrashuv yosh ijodkorlar uchun yaxshigina mahorat sabog`i ham bo`ldi deyish mumkin.
Dilfuza SOBIROVA
Fotomuxbir: Rustam Ashurmatov.
20.11.2019, 16:27
2018 yilning 15 dekabr kun Belorussiya Respublika yoshlar ittifoqi (BRYoI) va O`zbekiston yoshlar ittifoqi o`rtasida hamkorlik to`g`risida mumorandum imzolangandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – Belarus...30.10.2019, 11:48
Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida O`zbekistoning madaniyati, san`ati va turizm salohiyatini targ`ib etishdi. Tadbirda o`zbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari...07.10.2019, 18:03
Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...04.10.2019, 15:49
2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...