AsosiyJamiyat

Neft va gaz tarmog`i faoliyatiga bag`ishlangan anjuman o`tkaziladi

'Neft va gaz tarmog`i faoliyatiga bag`ishlangan anjuman o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevral 133-F sonli farmoyishlariga muvofiq joriy yilning 21-22 noyabr kunlari «O’ZLITINEFTGAZ» AJ da «Investisiyalarni jalb qilish – neftgaz tarmog`i faoliyatining barcha sohalarida innovasion rivojlanish yuliga o`tish asosi» mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy va tarmoq ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi:

Anjumanda quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi:

  • innovasion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy qilishga yo`naltirish uchun investisiya manbalarini izlash;
  • yuqori qo`shimcha narxli tovar mahsulotini ishlab chiqarish yangi texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha neftgaz tarmog`ining qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalari ish faoliyatini faollashtirish;
  • neftgaz tarmog`i korxonalarining energiya va manbalar tejamkorligi texnologiyalari, shuningdek energiyaning yangilanayotgan manbalaridan (energiyaning muqobil manbalari) foydalanish bo`yicha texnologiyalarini joriy qilish;
  • rivojlanayotgan texnologiyalarni qo`llagan holda uglevodorod zaxiralarini oshirish bo`yicha geologik-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish;
  • uglevodorod xom ashyosini qazib olishni, shu jumladan qiyin qazib olinadigan zaxiralar olinishini oshirish bo`yicha ilg`or texnologiyalarni joriy qilish;
  • ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda moddiy va moliyaviy manbalardan foydalanishni nazorat qilish uchun neftgaz tarmog`i korxonalarida axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy qilish.

    Boshqa yangiliklar