Му5
46

Sambo: jahon chempionati tantanali ochildi

Sport 11.10.2019, 23:57
409
Sambo: jahon chempionati tantanali ochildi

Bugun poytaxtimizdagi “O`zbekiston“ sport majmuasida sambo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tgani haqida xabar berdi jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Unda Xalqaro sambo federasiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Oybek Kasimov, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so`zga chiqqanlar mazkur musobaqaning yurtimizda birinchi marta o`tkazilishi ushbu sport turining yoshlarimiz orasida yanada ommalashishiga katta zamin yaratishini takidlab o`tdi:

— Bugungi kunda yurtimizda sambo sport turi bilan muntazam shug`ullanayotganlar soni 15 000 nafardan oshdi. Qolaversa, ularning 10 000 nafardan ortig`ini 6 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar tashkil qilmoqda. Bugun tashkil etilayotgan Jahon chempionatiga jami 38 ta davlatdan 450 nafardan ortiq sportchi tashrif buyurgani qiziqarli bahslarga boy bo`lishidan dalolat bermoqda, - dedi ochilish marosimida so`zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Oybek Kasimov.

Ochilish marosimida yig`ilganlar uchun badiiy chiqishlar tashkil etildi va estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar tadbirga yanada fayz bag`ishladi.

Bugungi bo`lib o`tgan bellashuvlarda yoshlar o`rtasida -40 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Munisa Eshqulova va -75 kg vazn toifasidagi Bakojon Ashurovlar jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, sambochilarimiz 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Шарҳлар